Haftalik ishlarning sarhisobiga bag’ishlab yig’lish o’tkazildi

14.09.2020, 17:17 Institut yangiliklari, Kengashlar, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Yangiliklar 202

2020-yil  14-sentabr  kuni institut  katta faollar zalida rektorat qatnashchilari   ishtirokida navbatdagi yig’lish o’tkazildi. Yig’lishni institut rektori K.S.Rizaev kirish so‘z bilan ochib, F.A.Umarova magistratura bo’limi  boshlig’i etib tayinlanganini ma’lum qildi va kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi.

Yig’lishda ilk masala yuzasidan Sanoat-farmatsiyasi fakulteti dekani Z.U.Mamaqtqulov so’zga chiqdi. Z. Mamatqulov talabalarni Moodle tizimidagi online darslarni qay darajada o’zlashtirib borayotgani haqida xisobot berib, mavzuga oid  o’zining ko’plab takliflarni bildirdi. Taklif, fikr va mulohazalar institut rahbariyati tomonidan muhokama qilindi va mas’ullarga  tegishli vazifalar berildi.

Texnik foydalanish va xo’jalik bo’limi boshlig’ O.Abliyazov ham institut rahbariyati tomonidan berilgan vazifalarning ijrosi yuzasidan ma’lumot berdi.

Yig’lish so’ngida Ichki nazorat va monitoring bo’limi boshlig’ K.Cho’lponov institutga yuqori tashkilotlardan taqdim etilgan  xujjatlarning ijrosi yuzasidan tahliliy ma’lumotlar berib o’tdi.

 

Institut matbuot xizmati

 

Pharmi.uz Telegram kanaliga qo‘shiling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling! A'zo bo'lish