YANGI O‘QUV YILI MUBORAK! Toshkent farmatsevtika institutida “Mustaqillik darslari” tashkil etildi

03.09.2020, 16:19 Boshqalar, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 472

Toshkent farmatsevtika institut talabalari uchun  2-sentabr kunidan  yangi o‘quv yili boshlandi.  Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan “Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida online tarzda “Mustaqillik darslari” tashkil etildi. Mazkur onlayn darslar institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda ATM  xodimlari tomonidan MOODLE tizimiga joylashtirilib, har bir  akademik guruhlarning 1-dars soatida  “Mustaqillik darsi” o‘tildi.

Unda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarga salkam 29 yil mobaynida jamiyatimizning barcha sohalarida, qolaversa ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar va ularning natijalari, shu kungacha  o‘ziga xos murakkabliklardan, turli sinovlardan mardonovor o‘tib, dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rni va ovoziga ega bo‘lib kelmoqda. Xalqimizning turmush sifatini yanada yaxshilash, insonlarda shukronalik hissini shakillantirish, ularning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, mamlakatimizni dunyoning eng rivojlangan davlatlari  qatoridan o‘rin egallashini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan tub islohotlar hamda erishilayotgan muvaffaqiyatlar  O‘zbekistonning yangi tarixini yaratish yohud taraqqiyotning navbatdagi bosqichi sari tashlangan qadamlar sifatida e’tirof etib  bugunga qadar xalqimiz erishgan yana ko‘plab yutuqlari haqida ma’lumotlar berildi.

 

Institut matbuot xizmati