“Biz nechun sevamiz, Oʼzbekistonni” mavzusidagi hikoyalar tanlovida Ramazonova Shahzoda g’olib deb topildi

01.07.2020, 17:50 Institute news, Spiritual and educational activities, Events, News 229

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasining 2019-yil 7-noyabrdagi 25445-xh-sonli hamda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2020-yilning 10-iyun kunidagi 87-06-506-sonli topshiriq xati ijrosini taʼminlash maqsadida “Biz nechun sevamiz, Oʼzbekistonni” mavzusida institut talabalari o’rtasida online hikoyalar tanlovi tashkil etilgan edi. Mazkur tanlovda institut talabalari faol qatnashdilar. Tanlovda qatnashgan barcha talabalarning ijod namunalari hay’at a’zolari tomonidan ko’rib chiqildi va institutning farmatsiya fakulteti 4- bosqich 401-B guruh talabasi Ramazonova Shahzoda Shoyim qizi tanlovning 1-o’rin g’olib deb topildi.
“Biz nechun sevamiz, Oʼzbekistonni” mavzusidagi hikoyalar tanlovi g’olibasi Ramazonova Shahzodaxonni institut rahbariyati nomidan tabriklab, kelgusi ishtiroklarida omad tilaymiz.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova