Xorijiy talabalar hayoti OAV nigohida

24.06.2020, 16:48 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 216

O‘zbek xalqi qadriyatlarining har biri o‘ziga muqaddas, mo‘tabar va mustahkamdir, har birining o‘z maqsad vazifalari, yo‘nalishlari, o‘ziga xos fazilatlari bor. O‘zbek an’anaviy qadriyatlarida mehr-oqibat, halolllik, poklik, adolat, insof, Vatanni sevish, elni e’zozlash, mehnatsevarlik, kamtarlik, mardlik, sahiylik, hayr-ehson, mehmondo‘stlik, sabr-qanoat kabi insoniy fazilatlar ulug‘lanadi.

Millat va elat, chegara  va sarhad tanlamayotgan ushbu ofat – koronavirus pandemiyasining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida Oʻzbekiston ham qatʼiy choralarni koʻrmoqda.Qolaversa O’zbekistondagi xorijiy fuqarolarga barcha shart-sharoitlar  yaratib kelinmoqda.

Hozirda Toshkent  farmatsevtika instituti talabalar turar joyida xorijiy talaba-yoshlar isteqomat qilimoqda. Ularga institut rahbariyati tomonidan barcha imkoniyatlar yaratilib, doimiy ravishda ular holidan xabar olinmoqda.

Kuni kecha oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi  boshqarma boshlig’i Otabek Bozorov va “O’zbekiston24” telekanali muhbiri  tashrif buyurib, xorijiy talabalarga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

             

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova