“Oliy ta’limda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi online Respublika ilmiy-amaliy anjumanida Toshkent farmatsevtika instituti rahbar xodimlarining ishtiroki ta’minlandi

29.05.2020, 18:47 Новости института, Духовно-просветительская деятельность, Мероприятия, Новости 411

2020-yil 29-may kuni soat 10:00 da O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2020-yil 13-maydagi 08-1532-son topshirig’i asosida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev huzurida 2020-yil 30-aprelda o’tkazilgan 2S-sonli yig’ilish bayonining 25-bandi ijrosi hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2-3 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish doirasida “Oliy ta’limda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani online tarzda o’tkazildi. Mazkur anjumanda Toshkent farmatsevtika institutidan yoshlar bilan ishlash prorektori O.I.Hudoyberdiyev, yoshlar bilan ishlash,ma’naviyat va ma’rifat bo’lim boshlig’i N.X.Ashurova, sanoat-farmatsiya fakulteti dekani Z.Mamatqulov, farmatsiya fakulteti dekani va dekan muovinlari qatnashdilar.
“Oliy ta’limda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida tashkil etilgan online Respublika ilmiy-amaliy anjumanining kirish qismi Vazirning Axborot texnorlogiyalari va yoshlar bo’yicha o’rinbosari Y.Absoatov tomonidan ochib berildi. Mazkur online anjuman dasturida belgilangan mavzular yuzasidan qatnashchilar qiziqarli ma’ruzalarini taqdim etdilar. Shuningdek anjuman davomida qatnashuvchilar mavzu yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollari, fikr va mulohazalari hamda takliflarini bildirdilar.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova