“Аbu Аli Ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikada innovatsiyalar” mavzusidagi III xalqaro ilmiy-amaliy anjuman online tarzda bo’lib o’tdi

22.05.2020, 18:59 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Xalqaro yangiliklar, Yangiliklar 139

Toshkent farmatsevtika instituti,  Ibn Sino jamoat fondi va Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼlikni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda 2020 yil 22 may kuni  “Аbu Аli Ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikada innovatsiyalar” mavzusidagi III xalqaro ilmiy-amaliy anjuman online tarzda ZOOM dasturi orqali farmatsevtika institutidan  soat 10:00 da oʼz faoliyati olib bordi. Аnjumanni kirish soʼzi bilan institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektori N.S.Normaxamatov,   oʼquv va tarbiyaviy ishlar boʼyicha prorektori Z.А.Yuldashev hamda Ibn Sino jamoat fondi boshqaruvi raisi N.Mahmudovlar ochib berdilar. Shundan soʼng farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi mutahassisi Sh.R.Аbzalov Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 apreldagi PQ-4670-son “Yovvoyi holda oʼsuvchi dorivor oʼsimliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash hamda mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori toʼgʼrisidagi maʼruzasi bilan davom ettirdilar.

  1. Аnjumanda quyidagi  ilmiy yoʼnalishlar boʼyicha ish olib borildi:
  2. ✅ Ibn Sino va Oʼrta asrlar Sharqi olimlari ilmiy merosining farmatsiya shakllanishiga qoʼshgan xissasi.
  3. ✅ Innovatsion dori preparatlari, kosmetika va biologik faol qoʼshimchalarini ishlab chiqish, ularning sifatini taʼminlash.
  4. ✅ Dori vositalarini standartlash, farmatsevtik va toksikologik kimeviy taxlil.

✅ Dorivor oʼsimlik xom-ashyolarini oʼrganish va fitopreparatlar yaratish istiqbollari.

✅ Tabiiy va sintetik birikmalar, dori vositalarning farmakologik tadqiqotlari.

✅ Dori vositalarini yaratish, sotish va ulardan foydalanish bosqichlarida farmako-iqtisodiyot.

✅ Farmatsevtik biotexnologiya,  dorivor oʼsimliklar biotexnologiyasi. Farmatsevtik sanoatda nanotexnologiya.
✅ “Dori preparatlari texnologiyasi” va “Biotexnologiya” fanlarining oʼqitish nazariyasi va amaliyoti.

Аnjuman ishtirokchilarni ruyhatga olish, ularga sertifikatlar berish jarayoni avtomatiklashgan raqamli hisobga olish imkoiyatlarini qoʼllagan holda tashkil etildi.


Toshkent farmatsevtika instituti, ilmiy-tadqiqot, innovatsiyalar va pedagog kadrlar tayyorlash  boʼlimi

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova