E`lon! Abu Ali ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikada innovatsiyalar mavzusidagi III xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.

21.05.2020, 17:42 E'lonlar 76

Hurmatli do‘stlar, hamkasblar! Ibn Sino jamoat fondi va Toshkent farmatsevtika instituti O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi hamkorligida Abu Ali ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikada innovatsiyalar mavzusidagi III xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.
Anjumanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar va muhokamalar bo‘lib o‘tadi:

  • Ibn Sino va O‘rta asrlar Sharqi olimlari ilmiy merosining farmatsiya shakllanishiga qo‘shgan xissasi.
  • Innovatsion dori preparatlari, kosmetika va biologik faol qo‘shimchalarini ishlab chiqish, ularning sifatini ta’minlash.
  • Dori vositalarini standartlash, farmatsevtik va toksikologik kimyoviy taxlil.
  • Dorivor o‘simlik xom-ashyolarini o‘rganish va fitopreparatlar yaratish istiqbollari.
  • Tabiiy va sintetik birikmalar, dori vositalarning farmakologik tadqiqotlari.
  •  Dori vositalarini yaratish, sotish va ulardan foydalanish bosqichlarida farmako-iqtisodiyot.
  • Farmatsevtik biotexnologiya, dorivor o‘simliklar biotexnologiyasi. Farmatsevtik sanoatda nanotexnologiya.

 Qachon: 2020 yil 22 may soat 10:00 da Toshkent vaqti bilan (UTC+05:00)
Qaerda: ZOOM dasturida internet orkali onlayn (distansion) tarzda
=>>Anjumanga bog‘lanish uchun shu yerni bosing<<=

Anjuman identifikasiya nomeri: 526 496 4766
Parol: 22052020
Anjuman materiallari ilmiy to‘plamda nashr etiladi.