Ta’lim inspeksiyasi tomonidan Oliy ta’limda masofaviy o‘qitish sifati bo‘yicha so‘rovnoma dasturi yo‘lga qo‘yildi.

15.05.2020, 14:45 E'lonlar, Yangiliklar 603

Hurmatli talabalar! Oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan masofaviy ta’lim olish sifati yuzasidan o’z fikringizni bildiring. Sizning fikringiz biz uchun juda ham muhim!
So‘rovnomada ism-sharifingiz so‘ralmaydi. Sizning fikringiz faqat umumlashtirilgan holda ko‘rib chiqiladi va barcha ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi. Ushbu so‘rovnoma ta’lim jarayonida masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishda yuzaga keladigan muammo va kamchiliklarni kelgusida yechimini topishga, masofaviy o‘qitish jarayonida sizning sifatli bilim olishingizni ta’minlashga, pedagoglarning mahoratini oshirishga, ta’lim muassasasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning yanada takomillashishiga yordam beradi.
Sizning to‘g‘ri va samimiy javoblaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!

So’rovnomani lotincha to’ldirish

Сўровномани кириллча тўлдириш

Заполните анкету на русском языке

Pharmi.uz Telegram kanaliga qo‘shiling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling! A'zo bo'lish