Koronavirus infeksiyasining tarqalishi va uni oldini olish maqsadida institut talabalar turar joylarida yashovchi talabalar doimiy yashash manzillariga kuzatildi.

18.03.2020, 15:42 Institut yangiliklari, Yangiliklar 302

Institutda koronavirus infeksiyasining tarqalishi va uni oldini olish maqsadida talabalarni doimiy yashash manzillariga kuzatish hamda professor-o‘qituvchilar, xodimlar o‘rtasida koronavirus infeksiyasi COVID-19 bo‘yicha profilaktik ishlarini tashkil etish bo‘yicha institutda Shtab tashkil etildi. Hozirgi kunga qadar institut talabalar turar joylarida yashovchi barcha talabalar doimiy yashash manzillariga kuzatildi.