Institut talabalari ta’tilga chiqishi munosabati bilan professor-o‘qituvchilarning va boshqa xodimlarning funksional vazifalari hamda toifalaridan kelib chiqqan holda bir qismiga navbatdagi mehnat ta’tili berildi.

18.03.2020, 15:28 Institut yangiliklari, Yangiliklar 233

Toshkent farmatsevtika instituti talabalari kanikulga chiqishi munosabati bilan institut kafedralaridagi professor-o‘qituvchilarining va boshqa xodimlarning funksional vazifalari va toifalaridan kelib chiqqan holda bir qismiga Mehnat kodeksida belgilangan navbatdagi mehnat ta’tili berildi.  Mehnat ta’tiliga chiqmagan professor-o‘qituvchilar institutning o‘quv metodik hujjatlarini takomillashtirish, o‘quv jarayonini kredit-modul tizimiga o‘tkazish bo‘yicha tegishli hujjatlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqot (o‘quv darsliklar, ilmiy maqolalar va o‘quv qo‘llanmalar yozishga) ishlariga jalb etildi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i N.X.Ashurova