Institutda  koronavirus  infeksiyasining tarqalishi va uni oldini olish maqsadida o‘quv binolarida dizenfeksiya ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

18.03.2020, 13:56 Institut yangiliklari, Yangiliklar 579

Mamlakatimizning chet davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlari bilan (turizm, savdo-iqtisodiy, ta’lim, anjumanlar va hokazolar) koronavirus infeksiyasi COVID-19 bo‘yicha yuzaga kelgan noxush epidemik vaziyat mazkur kasallikning O‘zbekiston Respublikasi hududiga ham kirib kelishi xavfi profilaktikasini yuqori darajada tashkil qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 29-fevraldagi 62-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 29-fevraldagi 19-q/q-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir A.Aripov tomonidan 2020-yil 15-mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2020-yil 16-martdan institut ma’ruza xonalari, auditoriyalar, sinfxonalar, talabalar turar joylari va boshqa barcha xonalarda har kuni dizinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish (0,5%li xlorli eritma bilan) choralari olib borilmoqda. Dizinfeksiya ishlariga soxa mutaxassislari jalb etilgan.