“Adabiyot – ma’naviyat ko‘zgusidir”

12.03.2020, 17:20 Institut yangiliklari, Yangiliklar 145

Prezidentimizning 2017 yil 12 yanvardagi N F-4789 sonli  “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob maxsulotlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish  bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida  2020 yil 10-12 mart kunlari institut ARM  hamda Kitob nur savdo nashriyot uyi bilan hamkorlikda  “Adabiyot – ma’naviyat ko‘zgusidir” shiori ostida kitob savdosi yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kitob savdosi ko‘rgazmasida 1000 nusxadan ortiq kitob savdo rastalariga qo‘yildi. Ko‘rgazmada ayniqsa, badiiy-publitsik, ilmiy va bolalar adabiyotlari keng o‘rin oldi.

Tadbir davomida axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan yarmarkada namoyish etilayotgan adabiyotlar haqida ma’lumotlar berib borildi. Talaba va xodimlar badiiy-publitsistik kitoblarga katta qiziqish bildirib, davriy ravishda shunday ko‘rgazmalarni tashkil etish haqida takliflar berdilar.

      

      

      

ARM