O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug’i bilan Toshkent farmatsevtika institutida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor tayinlandi.

12.03.2020, 16:38 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1672

2020-yil 12-mart kuni soat 12-00 da Toshkent farmatsevtika instituti katta faollar zalida Xudoyberdiyev Olloqul Isoqovich O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining joriy yil 9-martdagi 134-K-sonli buyrug‘iga asosan institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlanganligi e’lon qilindi. Tadbirda Sog‘liqni saqlash vazirligining Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Ahmadjonov Asilbek Qosimovich,  ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha mas’ul xodim Abilov O‘rol Murodovich, institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori va xodimlar ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun: Xudoyberdiyev Olloqul Isoqovich 1977-yil 25-iyulda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. 2002-yilda Toshkent farmatsevtika instituti farmatsiya yo‘nalishini tamomlagan. 2001-2007-yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent farmatsevtika instituti boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, Toshkent shahrida joylashgan oliy o‘quv yurtlari yetakchilar Kengashi raisi, 2006-2009-yillarda Toshkent farmatsevtika instituti farmatsiya fakulteti dekani o‘rinbosari, 2009-2014-yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Surxondaryo viloyat Kengashi raisi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy Kengashi apparati  iqtidorli yoshlar va  yosh olimlar bilan ishlash bo‘limi mudiri, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent viloyat Kengashi raisi, 2014-2020-yillarda Toshkent farmatsevtika instituti ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektori,  farmatsiya fakulteti dekani, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

O.I.Xudoyberdiyev 2005-yilda “O‘zbekiston belgisi”, 2011-yilda “Mustaqillikning 20 yilligi” ko‘krak nishoni, 2012-yilda “Do‘stlik” ordeni, 2016-yilda “Mustaqillikning 25 yilligi” ko‘krak nishoni, 2017-yilda “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” mukofotlari bilan taqdirlangan. Farmatsevtika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajaga ega.