“Keling, ochiqchasiga gaplashamiz”

12.03.2020, 14:49 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 567

2020-yil 11-mart kuni soat 13.00 da institut katta faollar zalida Iqtidorli yoshlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi hamda iqtidorli talabalar hamkorligida “Keling, ochiqchasiga gaplashamiz” rukni ostida tadbir o’tkazildi. Tadbirda o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektor Z.A.Yuldashev, kasaba uyushma qo’mitasi raisi K.K.Ismoilov, Iqtidorli yoshlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i F.A.Umarova, sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani Z.U.Mamatqulov, “Xotin-qizlar” qo’mitasi raisi B.X.Boltayeva, farmatsiya fakulteti dekani muovini A.Tagbayev va  talabalar ishtirok etdi. Tadbirda talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan rahbar-xodimlarga murojaat qilishdi.