E’lon! 2-bosqich uchun Farmatsiya fakulteti talabalari diqqatiga!

07.03.2020, 15:33 E'lonlar 348

Harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida qatnashish uchun bo‘ladigan konkursga harbiy tayyorgarlikdan o‘tish istagini bildirgan 2-bosqich talaba yigitlari jalb qilinadi. Ushbu munosabat bilan konkursda qatnashish istagagini bildirgan 2-bosqich talaba yigitlar 2020-yil 14-martgacha quyidagi hujjatlarni yig‘ishi va ularni TTA huzuridagi Harbiy -tibbiyot fakultetiga taqdim qilishlari zarur:

  1. Pasport, harbiy guvohnoma yoki chaqiruv guvohnomasining asl nusxasi va kserokopiyasi.
  2. Reyting daftarchasining asl nusxasi va kserokopiyasi (1,2,3 semestrlar to‘liq yopilgan bo‘lishi shart).
  3. 4 dona 3×4 o‘lchamdagi fotosuratini (burchakli matovoy qog‘ozda, oq fonda).
  4. O‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatining nusxasi.
  5. Konvert A4 formatdagi.
  6. Fayl varag‘i.
  7. Ip bilan bog‘lanadigan papka.

TIBBIY  KO‘RIKDAN  O‘TISh  UChUN ZARUR BO‘LGAN HUJJATLAR RO‘YXATI:

  1. Umumiy qon tahlili – kengaytirilgan.
  2. Vasserman reaksiyasiga qon tahlili (RW).
  3. Bioximik qon tahlillari: bilirubin, ALT, AST, timol sinamasi, umumiy oqsil tahlili.
  4. Virusli gepatit V antigeniga qon tahlili.
  5. Gijjaga axlat tahlili.
  6. Siydikning umumiy tahlili.
  7. Ko‘krak qafasi flyurografiyasi.
  8. Yurakni EKG qilish, tahliliy yozuvi bilan (rasshifrovka).
  9. Qorin bo‘shlig‘idagi ichki a’zolarning UTT (UZI) (jigar, buyrak, oshqozonosti bezi).
  10. EFGDS (zond).
  11. OIV infeksiyasiga qon tahlili.

Yashash joyidan ma’lumotlar

  1. Narkodispanserdan ma’lumotnoma.
  2. Tubdispanserdan ma’lumotnoma.
  3. Teri-tanosil kasalliklari dispanseridan ma’lumotnoma.
  4. Ruhiy-asab kasalliklari dispanseridan ma’lumotnoma.

Ushbu ma’lumotnomalar yashash joylaridagi tibbiyot muassasalaridan yig‘iladi va ular tayyor bo‘lgandagina talabaga tibbiy ko‘rikdan o‘tishga ruxsat beriladi. Talabaning shaxsan o‘zi, hujjatlar tayyor bo‘lishi bilan, harbiy fakultetga 14martgacha kechikmasdan taqdim qilishi shart. Hujjatlar soat 9.00 dan 16.00 gacha Xarbiy-tibbiyot fakultetda qabul qilinadi. Harbiy-tibbiy komissiyadan o‘tish grafigi alohida e’lon qilinadi.

 Harbiy-tibbiyot fakulteti rahbariyati