“Gormonlar. Umumiy klassifikatsiyasi. Asosiy gormon preparatlari sinflari va ularning qo’llanilishi. Gormon preparatlarini olish texnologiyasi” mavzusida ochiq ma’ruza darsi bo’lib o’tdi.

04.03.2020, 09:19 Institut yangiliklari, Yangiliklar 143

2020-yil 27-fevral kuni soat 830 da Sanoat farmatsiya fakulteti, Sanoat farmatsiya yo’nalishi 3-bosqich  (rus guruh) 307-A, 307-B, 308-A, 308-B guruh talabalariga 112-ma`ruza xonasida Biotexnologiya kafedrasining professor o’qtuvchisi M.G.Ismailovaning  “Gormonlar. Umumiy klassifikatsiyasi. Asosiy gormon preparatlari sinflari va ularning qo’llanilishi. Gormon preparatlarini olish texnologiyasi”  mavzusida ochiq ma’ruza  darsi bo’lib o’tdi. Ochiq ma’ruzada Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’I Yunusxodjayeva Nodira, Dori Texnologiyasi tayanch doktoranti Shermatova Iroda, Biotexnologiya kafedrasi assistenti Rashidova Nodira,  Dori vositalari texnologiyasi asistenti Jaloliddinova Muattar va boshqalar ishtirok etdilar. Ochiq ma’ruzada OOO “Remedy”  zavod  director o’rin bosari Azamov Shuhrat o’z malaka va ko’nikmalari bilan ishtirok etdilar. Ma’ruzada zamonaviy ped texnologiyalar, tarqatma materiallar, video roliklar  qo’llanildi. Ochiq m’ruza qiziqarli hamda savol va javoblarga boy tarzda bo’lib o’tdi.