E`lon! Institut kafedralari o‘rtasida “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng faol kafedra” ko‘rik-tanlovi joriy etildi.

03.03.2020, 16:52 E'lonlar 334

O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-sonli Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yilning 31-dekabr kunidagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmatsevtika instituti kafedralari o‘rtasida “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng faol kafedra” ko‘rik-tanlovi joriy etildi. Mazkur tanlovda barcha kafedralarning faol ishtirok etishi so‘raladi.