“MA’NAVIYAT KUNI“ tadbiri doirasida Sanoat farmatsiya fakulteti 4-bosqich 404 A, B guruh talabalari Abulqosim madrasasiga tashrif buyurishdi.

03.03.2020, 16:11 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Yangiliklar 276

Institut miqyosida tashkil etilgan “MA’NAVIYАT KUNI“ tadbiri doirasida Sanoat farmatsiya fakulteti 4-bosqich 404 A, B guruh talabalari o‘rtasida “Diniy ekstremizga qarshi ma’rifiy islom bilan kurashamiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur mavzuda guruh murabbiyi D.A.Sunatova ma’lumotlar berib o‘tdi. Unda  islom dini niqobi ostida qilinayotgan turli xunrezliklar haqida gapirib o‘tib, islom dini boshqa bir insonni umriga zomin bo‘lish u yoqda tursin, dilini og‘ritish naqadar katta gunohligiga urg‘u berdi. Tadbir so‘ngida reja asosida guruh murabbiyi boshchiligida talabalar Abulqosim madrasasiga tashrif buyurishdi.