Institut talabalar turar joylariga rahbar xodimlarning tashrifi davom etmoqda.

02.03.2020, 15:05 Institut yangiliklari, Yangiliklar 377

Institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova, tarbiyachi-pedagog N.E.Yusupovalar Talabalar turar joylarida yashovchi talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tashrif buyurdi. Tashrif jarayonida Talabalar turar joylari umumiy holati, tozaligi, orastaligi, oshxona va yuvinish xonalarining holati hamda talabalar turar joylaridagi yashovchi talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Talabalar o‘rtasida institut ichki tartib-qoidasiga amal qilish, xonalarni ozoda saqlash, tozalikka rioya etish, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda ularga yaratilgan sharoitlar yuzasidan suhbat olib borildi. Shuningdek, talabalar taklif va istaklari tinglandi. Ular tomonidan berilgan takliflar yuzasidan tegishli ma’lumotlar va ijrosi yuzasidan fikrlar berildi.

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova