Toshkent Farmatsevtika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi D.O.Kamalova boshchiligida Farmatsiya fakulteti Kasb ta’lim yo’nalishi 4-bosqich iqtidorli talabalarning Olmazor tibbiyot kollejiga tashrifi

28.02.2020, 16:12 Institut yangiliklari, Yangiliklar 465

2020-yil 28-fevral kuni “Yo‘limni yoritguvchi, hayotimga mazmun olib kirguvchi beminnat do‘stim” mavzusida “Kasbiy ta’lim metodikasi” fani o’qituvchisi Kamalova Dilorom boshchiligida sikl fani yakunlanishi munosabati bilan Kasb ta’lim yo’nalishi 4-bosqichning iqtidorli talabalari bilan Olmazor tibbiyot kollejiga tashrif buyurib o’quvchilar bilan master-klass tashkil etib qaytishdi.

Master-klassdan ko’zlangan asosiy maqsad, kollej o’quvchilarni ma’naviy dunyoqarashini oshirishga qaratilgan insonning beminnat do’sti kitob ekanligini jonli misollar, ya’ni institutning iqtidorli talabalar misolida ko’rsatish qolaversa talabalarning olgan bilim ko’nikma va malakalarini mustahkamlash.

      

     

      

Ijtimoiy fanlar kafedrasi