“Ta’lim va Mutaxassislik” xalqaro ko’rgazmasida Toshkent farmatsevtika instituti jamoasi faol qatnashmoqda

25.02.2020, 15:14 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 508

Bugun 2020-yil  25-fevral kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida yoshlar bandligini ta’minlash hamda Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga ko’maklashish maqsadida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Ta’lim va Mutaxassislik” xalqaro ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda. Mazkur ko’rgazmada Toshkent farmatsevtika instituti vakillari ham faol qatnashmoqdalar. Ko’rgazmada institutning  Farmatsevtika ishini tashkil qilish, Dori vositalarining sanoat texnologiyasi, Biotexnologiya, Farmatsevtik kimyo, Dori  vositalarini standartlashtirish va sifat  menejmenti, Toksikologik kimyo , Farmakologiya va klinik farmatsiya, Analitik kimyo kafedralari professor-o’qituvchilari turli hildagi dori vositalaridan namunalarni, ilmiy ishlar va yana ko’plab erishgan yutuqlaridan namunalar taqdim etib tashrif buyurganlarni e’tiboriga sazovvor bo’lmoqdalar.

            

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova