“Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid”.

25.02.2020, 10:42 Institut yangiliklari, Yangiliklar 427

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 17-fevraldagi 87-06-133-sonli xati va Toshkent farmatsevtika institutida 2019-2020-o‘quv yili davomida amalga oshiriladigan yoshlar bilan ishlash hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasining 19-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda diniy ekstremistik, terroristik  va fundamentalistik mafkura va qarashlarni, millatlararo va diniy ziddiyatlarni targ‘ib qiluvchi oqimlarning asosiy maqsadini fosh etish maqsadida 2020-yil 24-fevral kuni soat: 14-00da institutning  katta faollar zalida professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida “Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid”, “Islom dinida yoshlarning ta’lim tarbiyasi” kabi mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent shahridagi “Xo‘ja Alambardor” jom’e masjidining imom-xatibi Raximberdi domla Raxmonov, O‘zbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi yetakchi mutaxassisi Ikromov Saidraxmat Saidaxmadovich va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassisi Jo‘raev Shukurullo Raximovich hamda institut professor-o‘qituvchilar va talabalari ishtirok etdi. Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildi hamda berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan javob berildi. Suhbat jarayonida talabalar o‘rtasida diniy ekstremistik, terroristik  va fundamentalistik mafkura va qarashlarni, millatlararo va diniy ziddiyatlarni targ‘ib qiluvchi oqimlarning asosiy maqsadini fosh etish hamda tinchlik eng oliy ne’mat ekanligi yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi. Tadbirda jami 200 nafar professor-o‘qituvchilar va talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

       

       

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova