Yoshlar o‘rtasida turli xil jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan tadbir bo’lib o’tdi

18.02.2020, 16:51 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 257

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 11-fevraldagi  87-06-121-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida  2020-yil 18-fevral kuni  soat 15:00 da Toshkent farmatsevtika institutining katta faollar zalida Toshkent shahar va Mirobod tumani  IIBB xodimlari ishtirokida “Giyohvandlikka qarshi kurashish”,“Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish” kabi mavzularda  ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Toshkent shahar va Mirobod tumani IIBB xodimlari talabalarga giyohvand moddalarning savdosi va ularni oldini olish, turli xil jinoyatchiliklarga qarshi kurashish yuzasidan kerakli tavsiyalarni berdilar. Tadbir davomida tashrif buyurgan soha mutaxassislari mavzuga oid videofilmni talabalarga namoyish etdilar. Tadbir OAV vakillari tomonidan O’zbekiston 24 telekanali hamda O’zbekiston 24 radiosi orqali yoritilshi belgilandi.

                   

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova