“Anton Pavlovich Chexov  asarlari –yoshlar nigohida”

18.02.2020, 13:30 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 573

17-fevral kuni 1-kurs qo’shma ta’lim bo’limi talabalari  ishtirokida Anton Pavlovich Chexov hayoti va ijodiga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda rus adibi Chexovning  nasriy va dramaturgik ijodi bilan va jahon adabiyoti taraqqiyotidagi o’rni yig’ilganlarga  sahna ko’rinishi orqali  namoyish etildi.  Ma‘lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma‘naviy-ma‘rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Ushbu tadbir – Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san‘atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste‘dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.Tadbirni “Tillar” kafedrasi professor-o’qituvchilar tashkil etishdi. Kafedra mudiri dot. S.M.To’ychieva faol va iqtidorli talabalarni faxriy yorliq bilan taqdirladi.

                       

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova