“Faoliyat samaradorligi hamda umumiy va maxsus qobiliyatlarning o’zaro bog’liqligi” mavzusida seminar-trening o’tkazildi

17.02.2020, 11:34 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 412

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yi 5-iyundagi PQ-377-sonli Qarori ijrosini ta’minlash va iqtidorli talabalarning qobiliyatlarini rivojlantirisah, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida 2020-yil 15-fevral kuni soat 15-00 da  institut kichik faollar zalida “Faoliyat samaradorligi hamda umumiy va maxsus qobiliyatlarning o’zaro bog’liqligi” mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi.

Seminarni iqtidorli yoshlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i F.A.Umarova kirish so’zi bilan ochib berdi va o’tkazilayotgan tadbirning mazmun-mohiyati haqida so’zladi. “Inside” amaliy psixologiya markazi rahbari, psixolog-trener S.A.Azlarova talabalarning yashirin qobiliyatlarini namoyon qilish, ularning motivatsiyasini yanada oshirish bo’yicha qiziqarli trening o’tkazdi.

      

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova