“Alisher Navoiy so’z mulkining sultoni” nomli tadbir o’tkazildi

10.02.2020, 16:38 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 184

Buyuk shoir, g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy 1441 yil 9-fevralda tavallud topgan. Yurtimizda ushbu buyuk mutafaakir, davlat arbobi A.Navoiy tavalludiga bag’ishlab, turli kechalar, tadbirlar, Navoiyxonliklar o’tkazib kelinadi.. Barcha maktablar, kollejlar, litseylar hamda Oliy ta’lim muassasalarida ham buyuk mutafaakirning ijodi va hayoti bilan bog’ilq  sahna ko’rinishlar, g’azal-u she’rlari namoyish etiladi. Yurtimizdagi hech bir shaxs ushbu kunni yodidan chiqarmaydi. Mana shunday fayzli tadbirlardan biri Toshkent farmatsevtika institutida o’tkazildi.  2020-yil 10-fevral kuni o’tkazilgan “Alisher Navoiy so’z mulkining sultoni” nomli tadbir institutning tillar kafedrasi tomonidan tashkil etildi. Institutning  o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektori Z.A.Yo’ldoshev tadbirni  A.Navoiyning misralaridan keltirgan holoda ko’tarinki ruhda kirish  qismini  ochib berdi.

 Filologiya fanlari nomzodi, dotsent X.X.Axmedov “Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning ma’naviy merosi” haqida talabalarga ma’lumotlar berdi. Shuningdek Toshkent farmatsevtika instituti talabalarining “Navoiyni yod aylab” badiiy kompozitsiyasi hamda Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 260-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining Zaxiriddin Bobur ijodiga bag‘ishlangan chiqishlari tadbirga yanada fayz baxsh etdi.

Tadbir so’ngida qatnashchilarga institut rahbariyati tomonidan “Tashhskurnoma” taqdim etildi.

                             

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova