Tillar kafedrasi bilan hamkor 260-umumiy o‘rta maktabda “Navoiyxonlik kechasi”

08.02.2020, 13:40 Institut yangiliklari, Yangiliklar 388

Buyuk bobokalonomiz Alisher Navoiyning tavallud ayomi arafasida Toshkent farmatsevtika instituti Tillar kafedrasi bilan bir necha yildan beri hamkorlik qilib kelayotgan 260-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2020-yilning 7-fevralida  “Navoiyxonlik kechasi” bo‘lib o‘tdi. Kechada maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bobokalonimizning hayoti va ijodini sahna ko‘rinishlari, g‘azallaridan parchalar orqali  chiroyli va mazmunli bayon etishdi. Kechada Tillar kafedrasi mudiri dotsent S.M.Tuychieva, filologiya fanlari nomzodi, dotsent G.A.Juraeva, katta o‘qituvchi S.A.SHukurdjanovalar ishtirok etishdi. Tillar kafedrasi mudiri dotsent S.M.Tuychieva tadbir yakunida maktab ARMga Alisher Navoiyning rus tilida nashr etilgan tanlangan asarlari to‘plamini sovg‘a qildi.

     

     

Tillar kafedrasi