“Tamakisiz hayot”

07.02.2020, 17:03 Institut yangiliklari, Yangiliklar 272

Toshkent farmatsevtika instituti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va kadrlarni tayyorlash va ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’limlari hamda Ibn Sino jamg’armasi bilan hamkorlikda “Tamakisiz hayot” nomli konferensiya o’tkazildi. Bunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 dekabrdagi “Yuqumli bo’lmagan kasalliklarning oldini olish, sog’lom turmush tarzini qo’llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-4063-sonli Qarori ijrosini ta’minlash ko’zda tutilgan bo’lib, Sog’liqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “Tamakisiz hayot” loyihasi qo’llab-quvvatlanmoqda. «Ibn Sino» jamoat fondi M. Bloomberg xalqaro tamaki mahsulotlarini qisqartirish jamg’armasi (AQSh) tomonidan moliyalashtirilib, tamaki va alkogolsiz muhitni yaratishga qaratilgan va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonun loyihasini ishlab chiqdi.