Toshkent farmatsevtika instituti katta faollar zalida, iqtidorli va faol talabalar bilan ochiq muloqot tashkil qilindi.

06.02.2020, 18:20 Institut yangiliklari, Yangiliklar 676

2020-yil 6-fevral Toshkent farmatsevtika instituti katta faollar zalida, iqtidorli va faol talabalar bilan ochiq muloqot tashkil qilindi. Ochiq muloqot “Work-shop” mavzusida tashkil qilinib, izlanuvchan faol talabalar tomonidan o‘rtaga tashlangan ilm-fanga oid dolzarb masalalar bo‘yicha mutaxassislar o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldashev, Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor N.S.Normaxamatov, Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i F.X.Umarova, sanoat farmatsiyasi fakultet dekani Z.U.Mamatqulov va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi BT institut yetakchisi F.Sh.Namozovlar javob berishdi. Shuningdek faol talabalarning takliflariga binoan ilm soxasida izlanuvchi yoshlarga raxbariyat tomonidan barcha qulayliklar, sharoitlar va innovatsion loyixalari uchun aloxida grandlar ajratilishi aytildi. Yurtboshimiz aytganlaridek davlatimizni ertangi kunini ilm-fan va yoshlar tashkil qilishini, bu borada olib borilayotgan isloxotlar albatta o‘z mevasini berishi, farmatsevtika soxasi bundan xam yuqori natijalarga erishish barchamizning burchimiz ekanligi aloxida takidlandi.