Toshkent  farmatsevtika institutiga O’zbekiston Respublikasi  Yoshlar ittifoqi markaziy kengashidan  vakillar tashrif  buyurdilar

05.02.2020, 11:25 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 265

Prezidentimizning 27-dekabrdagi  murojaatnomasida keltirilgan “Yoshlarni korrupsiyadan qaytarish va ta’lim sohasida shaffoflikni ta’minlash” maqsadida O’zbekiston Respublikasi  Yoshlar ittifoqining  markaziy kengashi  tomonidan tashkil qilingan guruh a’zolari  Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari bilan hamkorlikda barcha oliy ta’lim muassasalarida  targ’ibot  ishlarini olib bormoqdalar. Jumladan kuni kecha mazkur  guruh va’killari ya’ni  J.M. Maxmudov,  S.A.Qurbonov, A.L.Nabijonovlar  Toshkent farmatsevtika institutiga tashrif buyurdilar. Tashrif jarayonida  guruhlarda  targ’ibot va tashviqot  ishlarini hamda yuridik va huquqiy sohalar  bo’yicha interaktiv suhbat o’tkazdilar. Mazkur uchrashuvda qatnashchilar ko’plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

            

Institut matbuot  kotibi N.L.Usmanova