«Hech qachon bo‘sh kelmang, aziz bolalarim, ertangi kun – kelajak sizniki!»

01.02.2020, 16:16 Institut yangiliklari, Yangiliklar 451

Marhum birinchi prezidentimiz O‘zbekiston Respublikasi asoschisi Islom Abdug‘anievich Karimovning ushbu so‘zlari xanuz  qalblarni junbushga keltiradi va buyuk kelajak sari olg‘a intilishga chorlaydi. Shunday insonni yod etish maqsadida institut ARMda o‘quv zaliga yig‘ilgan bir guruh talabalar bilan ARM xodimlari ishtirokida  “Birinchi prezidentimizni eslab” nomli kichik davra suhbati o‘tkazildi. Xotira kechasi prezidentimizning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan mavzularda bo‘lib o‘tdi. Talabalar prezidentimizning Vatan uchun qilgan har bir taxsinga sazovor ishlari haqida suhbatlashishdi, arbobning yozgan kitoblaridan maqolalar o‘qib berildi. Har birimizga ortimizdan mana shunday yaxshi nom va ezgu ishlar qolishi uchun fidoyi va chin inson bo‘lib yashash nasib qilsin.

АРМ