Prorektor va yoshlar uchrashuvi

31.01.2020, 15:33 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 573

Oliy va o’rta maxsusus ta’lim vazirligining 2020-yil 27-yanvardagi  87-06-48-sonli xatiga muvofiq 2020-yil 31-yanvar kuni Toshkent farmatsevtika institutida «Prorektor va yoshlar uchrashuvi» tashkil etildi. Uchrashuv davomida yoshlarning taklif, istaklari va muammolari tinglandi. Talabalar  kelajakda yurtimiz ravnaqi uchun o‘z xissasini  qo‘shadigan yetuk kadrlar bo‘lib yetishishida talabalarga institutning o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektori  Yuldashev  Zokirjon Abidovich tomonidan ko‘plab hayotiy tajribadan kelib chiqqan holda foydali tavsiyalar berildi. Shuningdek,yoshlarni ma’rifatga chorlash, ular orasida jinoyatchilikni kamaytirishda talabalar tengdoshlariga o‘rnak bo‘lishi va o‘zlari ham har qadamda  sergak turishi, vatan ravnaqi yo‘lida o‘zini daxldor his qilishi kerakligi ta’kidlandi.  Uchrashuv davomida yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollari bilan o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektor Z.A.Yuldashevga murojaat etiib qoniqarli javoblarni oldilar. Mazkur tadbir ommaviy axborot vositalaridan “Ma’naviyat va ma’rifat” telekanali va “O’zbekiston 24” radiosi bilan ta’minlandi.

               

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova