Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasining Yashnabod tumanidagi 231-umumta’lim maktabiga tashrifi

30.01.2020, 11:07 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 292

 Yashnabod tumanida joylashgan 231 – o‘rta ta’lim maktabiga Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi dotsenti I.M.Iminova va assistentlar D.T.Sharofutdinova va N.M.Vaxidovalar tashrif buyurdilar.  Tashrif jarayonida dotsent I.M.Iminova “Zamonaviy AKT dasturlaridan foydalangan holda innavatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish” mavzusida master klass darslarini olib bordi. Master klass davomida I.M.Iminova pedagog-o‘qituvchi o‘z oldiga qo‘yilgan mas’uliyatli va dolzarb vazifalarni bajarish qarashlarni shakllantirish hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga bo‘lgan yangicha hislatlarga ega bo‘lishi kerakligi, zamonaviy ilmiy, madaniy va innovatsion texnologik taraqqiyotning mohiyatini chuqur tushuna bilishi, dunyo va inson haqidagi bilimlar tizimini chuqur va keng nuqtai nazardan anglashi, kompyuterli ta’lim va o‘qitishning boshqa texnik vositalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etishi, internet tarmog‘i to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lib undagi axborot texnologiya mazmunini teran tahlil qilish,  pedagogik mexnatning samaradorligini tahlil etish usullarini bilishi xususida aytib o‘tdilar. Kafedra assistenti N.M.Vaxidova o‘quvchilar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” mavzusida targ‘ibot ishlarini olib bordi. Suhbat jarayonida yoshlarni vatanga sadoqatli vorislar etib tarbiyalash, oila, mahalla va ota-onaning roli xususida ma’lumotlar berdilar.

      

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova