Yoshlar orasida huquqiy savodxonlikni oshirish tadbiri o’tkazildi

23.01.2020, 16:50 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 211

Huquqiy madaniyatni bilmagan sahroda adashgan kimsaga o‘xshaydi. Har bir davlatning qonunlari va jamiyatning qoidalariga amal qilmaslik turli kor-hollarga sabab bo‘lishi mumkin. O‘zining yashash tarzi, mehnat qilish, ilm olish bilan bog‘liq huquqiy me’yorlarni bilish muhimdir. Bu esa insonning huquqiy savodxonligiga daxldordir.

Yoshlar orasida huquqiy savodxonlikning pastligi nafaqat, ularning o’zlari uchun, balki jamiyat va davlat uchun ham zararlidir. Huquqiy savodxonlikning yetarli emasligi yoshlarning o’z huquqlaridan to’laqonli foydalana olmasliklariga, majburiyatlaridan bexabar qolishlariga sabab bo’ladi. Majburiyatlardan bexabarlik yoki harakatlarining huquqiy oqibatini anglamaslik bugungi kunda yoshlar orasida huquqbuzarliklarning sodir bo’lishiga sabab bo’lmoqda.  Shu bois Toshkent farmatsevtika institutida 2020-yil 23-yanvar kuni Toshkent shahar Mirobod tumani IOFMMFMB xodimlari ishtirokida “Yoshlar orasida huquqiy savodxonlikni oshirish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy  tadbir tashkil etildi. Tadbirda Mirobod tumani FMB 2-soy IIB boshlig’i, podpolkovnik A.X.Sodiqov, “Farovon” MFY profilaktika inspektori Z.Abdurahimov, Oybek MFY, profilaktika inspektori Rejemetov Asror Juraevich mavzu yuzasidan  talabalarga ma’lumotlar berdilar.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova