“Bugungi kunga korrupsiyasiz qadam, ertangi porloq kelajagimiz garovidir”

16.01.2020, 14:18 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 542

Toshkent farmatsevtika instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o`qituvchilari Toshkent shahar Olmazor tibbiyot kollejiga tashrif buyurib “Bugungi kunga korrupsiyasiz qadam, ertangi porloq kelajagimiz garovidir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etdilar.   Ushbu tadbir 2020-yil 15-yanvar kuni  Olmazor Tibbiyot kollejining faollar zalida bo’lib o’tdi. Tadbirda Toshkent farmatsevtika institutining Ijtimoiy fanlar kafedrasi  professor-o`qituvchilari Toshkent shahar Olmazor tibbiyot kollejining o’qituvchi va  o’quvchilariga “Korrupsiya”ning zararlari,uning oqibatlari va bu borada yurtimizda olib borilayotgan targ’ibot va tashviqot ishlari yuzasidan ma’lumotlar berdilar.

      

                                 

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova