“Ta’lim muassasasida sog‘lom turmush tarzi – yuksak ta’lim-tarbiya asosi”

10.01.2020, 19:30 Institut yangiliklari, Tadbirlar 509

 2020-yil 9-yanvar kuni Toshkent farmatsevtika instituti o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldashev, monitoring va ichki nazorat bo‘lim boshlig‘i K.A.Cho‘lponov, fakultet dekanlari va talabalar turar joyi mudiri, institut tarbiyachi-pedagogi, institut Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi hamda talabalar turar joyida yashovchi talaba-yigitlar o‘rtasida “Ta’lim muassasasida sog‘lom turmush tarzi – yuksak ta’lim-tarbiya asosi” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida instituti o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldashev hamda monitoring va ichki nazorat bo‘lim boshlig‘i K.A.Cho‘lponov, talabalar turar joyi mudiri N.Xudayberdievalar mavzu yuzasidan talabalar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib bordi. Jami ishtirok etgan talabalar soni 170 nafarni tashkil qildi.

           

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova