“Ozodalik, saramjon-sarishtalik o‘zbek ayoliga xos fazilatdir”

10.01.2020, 19:20 Institut yangiliklari, Tadbirlar 539

2020-yil 8-yanvar kuni Toshkent farmatsevtika instituti tarbiyachi-pedagogi N.E.Yusupova, talabalar turar joyi mudiri N.E.Xudayberdieva tashabbusi bilan yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova, Tillar kafedrasi mudiri S.M.To‘ychievalar ishtirokida institut katta faollar zalida TTJ talaba-qizlari o‘rtasida “Ozodalik, saramjon-sarishtalik o‘zbek ayoliga xos fazilatdir” mavzusi yuzasidan tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova va Tillar kafedrasi mudiri S.M.To‘ychievalar mavzu yuzasidan talabalar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib bordi. Shuningdek, targ‘ibot ishlarida “Odob-axloq qoidalari”ning asosiy maqsadi bo‘lgan: sog‘lom ma’naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish; uning nufuzi hamda obro‘-e’tiborini asrab-avaylash; yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ko‘maklashish; institutning jamiyatdagi hamda ta’lim tizimidagi nufuzini yanada oshirish masalalarini yanada kuchaytirish xususida institut tarbiyachi-pedagogi N.E.Yusupova, TTJ mudiri N.E.Xudayberdievalar to‘xtalib o‘tdi.  Jami ishtirok etgan talabalar soni 200 nafarni tashkil qildi.

          

                              

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova