“Prokuror va yoshlar” mavzusida tadbir o’tkazildi

10.01.2020, 17:02 Institut yangiliklari, Tadbirlar 349

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 209-yil 27-dekabrdagi 87-06-175-sonli xatiga muvofiq Toshkent farmasevtika institutida  2020-yil 10-yanvar kuni soat 15:00 da institut katta faollar zalida “Prokuror va yoshlar”, “Hokim va yoshlar”, “Ichki ishlar organi va yoshlar”,” mavzularida tadbir tashkil etildi. Mazkur uchrashuvga Toshkent shahar Mirobod tumani prokurori A.G’.Ahunov hamda Mirobod tumani prokuraturasi va ichki ishlari xodimlari tashrif buyurdilar.

Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar institutda talabalarga yaratilgan barcha sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek  institutda tahsil olayotgan talabalar bilan ochiq muloqot o’tkazdilar. Mazkur yig’lishni institut o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori Z.A.Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar mavzu yuzasidan talabalarga ma’lumotlar berdilar. Tadbir davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib tegishli javoblarni oldilar.

                                                

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova