Dori vositalarining sanoat texnologiyasi va Biotexnologiya kafedralari professor–o‘qituvchilarining Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasi hududidagi “Sirdaryo Universal Oyna ” MCHJ hamda “Temur Med Farm” MCHJ korxonasiga tashrifi uyushtirildi

27.12.2019, 14:39 Institut yangiliklari, Yangiliklar 376

DVST va Biotexnologiya kafedralari professor-oʻqituvchilari, Sanoat farmatsiyasi fakulteti dekanati xodimlari bilan birgalikda “Sirdaryo Universal Oyna” MCHJ hamda  “Temur Med Farm” MCHJ korxonasiga tashrif buyrdilar. Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasi hududida tashkil etilgan “Sirdaryo Universal Oyna” MCHJ korxonasida turli navdagi shisha buyumlari ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishildi. Ishlab chiqarish jarayoni zamonaviy turdagi asbob uskunalar bilan jihozlangani,  chiqarilayotgan shisha idishlar sifatli ekanligi va faoliyat yuritayotgan laboratoriya ishlari bilan tanishildi.

OOO “Temur Med Farm” korxonasida ishlab chqarilayotgan ineksion eritmalar, analitik va microbiologik laboratoriyalari, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

     

DVST kafedrasi

Institut matbuot kotibi: N.L. Usmonova