Institut kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan barcha xodimlar va professor-o‘qituvchilarning  farzandlariga yangi yil sovg‘alari ulashildi

27.12.2019, 11:50 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 698

Ayni kunlarda xalqimiz Yangi yil bayramini nishonlashga qizg‘in taraddud ko‘rmoqda. Ana shunday bayram va shodiyonalarni oila davrasida to‘kin dasturxon atrofida nishonlash insonni yanada ruhlantiradi. Yangi yil bayrami munosabati bilan barcha tashkilotlarda dam olish kuni e’lon qilinadi, qolaversa sovg‘alar ulashiladi. Jumladan Toshkent farmatsevtika instituti kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan barcha xodimlar va professor-o‘qituvchilar farzandlariga yangi yil sovg‘alari ulashildi. Shuningdek bolajonlar uchun yangi yil bayramiga bag’ishlab shahrimizdagi ko‘ngil ochar maskanlardagi turli namoyishlarga, bayram konsert dasturlariga tashrif uchun chiptalar ham taqdim etildi.

Hurmatli yurtdoshlar, barchangizga yaqinlashib kelayotgan yangi yil muborak bo‘lsin.

      

 

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova