Institut professor-o‘qituvchilari uchun talabalar qishki ta’tili davrida o‘quv-uslubiy seminarning 4-kuni bo’lib o’tdi 

26.12.2019, 15:53 Institut yangiliklari, Yangiliklar 339

Institut professor-o‘qituvchilari uchun talabalar qishki ta’tili davrida o‘quv-uslubiy seminar, tadbirlar tashkil etilmoqda.

2019-yil  26-dekabr kuni institut katta faollar zalida rahbar xodimlar, barcha professor-o‘qituvchilar, bo‘lim boshliqlari ishtirokida seminarning 4-kuni o‘tkazildi. Seminarning ro‘yxatga olish qismi  soat 09:30 dan 10:00 ga qadar davom etdi.

Navbatdagi seminarda Dori  vositalarini standartlashtirish va sifat  menejmenti  kafedrasi assistenti B.S.Bekjanov «Rivojlanayotgan davlatlarda biotexnologik preparatlar va ularning tahlil usullari» mavzusida Xitoy Xalq Respublikasida malaka oshirish natijalari haqida, «Seul Milliy Universitetida ta’lim va ilm tizimi» mavzusida Farmatsevtik kimyo  kafedrasi katta o‘qituvchisi  N.T.Zaripova, Dori turlari texnologiyasi kafedra mudiri, f.f.d, professor Y.S.Karieva «Aralash ta’lim «Blended learning» ta’lim texnologiyasining mohiyati», Dori vositalarini standartlashtirish va sifat  menejmenti kafedrasi  o‘qituvchisi, f.f.n, dos. I.I. Iminova «Ishlab chiqarish korxonalarida o‘quv-laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish va uning samaradorligi» mavzularida ma’ruza qildilar.

                 

 

Institut  matbuot kotibi N.L.Usmanova