Dori turlari texnologiyasi kafedrasi “Fuqarolar saylov huquqlari kafolatlangan” mavzusida tadbir o‘tkazdi.

21.12.2019, 10:01 Institut yangiliklari, Yangiliklar 565

2019-yil 20-dekabr kuni “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 22-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) deputatligiga saylovlar munosabati bilan “Fuqarolar saylov huquqlari kafolatlangan” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent davlat yuridik universitetining yuridik fanlari doktori, dotsent M.O‘razaliev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda shuningdek, Toshkent davlat yuridik universitetining Mehnat huquqi kafedrasi o‘qituvchisi, mustaqil izlanuvchi M.Xojabekov va Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi A.Binakulov mavzuning mazmun-mohiyati xususida to‘xtalib o‘tib, ishtirokchilarga saylov qonunchiligi, saylovchilarining huquqlari bo‘yicha tegishli ma’lumotlar berib o‘tildi .

     

Маънавий-маърифий ишларга масъул: М.А.Ташмухамедова