Dori turlari texnologiyasi kafedrasi va Olmazor tibbiyot kolleji bilan  hamkorlik ishlari davom  ettirilmoqda

20.12.2019, 11:46 Institut yangiliklari, Yangiliklar 576

Toshkent farmatsevtika institutining Olmazor tibbiyot kolleji bilan o‘zaro hamkorlik faoliyati reja asosida olib borilmoqda.  2019- yilning 17- dekabr kuni  institutning “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi katta  o’qituvchisi N.Sh.Radjapova tomonidan   tibbiyot kollejining  “Farmatsiya” yo‘nalishi  3 -bosqich   319-guruh  o‘quvchilariga “Surtmalar.Gomogen tipdagi surtmalar  tayyorlash texnologiyasi” mavzusida laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazildi. Shuningdek “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi asistenti N.S.Abduxalilova tomonidan   tibbiyot kollejining  “Farmatsiya” yo‘nalishi  3 – bosqich   320-guruh  o‘quvchilariga “Linimentlar.Linimentlarni tayyorlash tehnologiyasi” mavzusida laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazildi.

     

     

Dori turlari texnologiyasi kafedrasi