“Talabalarda ruxiy barqarorlikni ta’minlash, jamoa bo‘lib ishlashiga yordam berish, eslab qolish qobiliyatini shakllantirish” mavzusidagi trening.

19.12.2019, 12:28 Institut yangiliklari, Yangiliklar 562

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son qarori ijrosini ta`minlash, institut talabalarini kundalik axborotlardan xabardor etib borish maqsadida “Axborot va murabbiylik soati”  mashg‘ulotlarining samaradorligini yanada oshirish, hamda talabalarni bo`sh vaqtlarinini mazmunli o`tkazish maqsadida 2019-yil 12-dekabr  kuni  Sanoat farmatsiyasi yo`nalishi 103-guruh talabalari o‘rtasida institut psixologi  Axrorova Komila Boyburievna tomonidan “Talabalarda ruhiy barqarorlikni ta`minlash, jamoa bo`lib ishlashiga yordam berish, eslab qolish qobiliyatini shakllantirish” mavzusida trening o`tkazildi. Trening davomida talabalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni shakllantirish, ularning qizqishlari, bo‘sh vaqtlarining mazmunli tashkil etishi, intilishlari bilan yaqindan tanishildi. Trening qiziqarli bahs-munozaralarga boy bo`ldi.

     

DVST kafedrasi

Institut matbuot kotibi: N.L. Usmonova