“Xitoy oziqa va ferment ishlab chiqarish ilmiy tadqiqot markaziga tashrifining natijalari” nomli prezentatsiyasi namoyish bo‘ldi.

17.12.2019, 11:35 Institut yangiliklari, Yangiliklar 233

2019-yil 12-dekabr kuni Toshkent Farmatsevtika instituti biotexnologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi F.X.Tuxtaev tomonidan, 4-o‘quv korpusida institut talabalariga “Xitoy oziqa va ferment ishlab chiqarish ilmiy tadqiqot markaziga tashrifining natijalari” mavzusida prezentatsiya namoyishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu prezentatsiyada Xitoy Xalk Respublikasidagi innovatsiya markazlari, ilmiy laboratoriyalar va ishlab chiqarish zavodlariga tashrif chog‘ida olingan bilimlar, ko‘nikmalar, texnologiyalar to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazildi.

Biotexnologiya kafedrasi