Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi professor–o‘qituvchilari tashabbusi bilan institut talabalarini Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasi hududidagi “Rekamed farm” korxonasiga tashrifi uyushtirildi.

16.12.2019, 15:23 Institut yangiliklari, Yangiliklar 388

DVST kafedrasi professor-o‘qituvchilari Sharipova S.T., Masharipova R.R., Elmurodov D.T. Farmatsiya yo‘nalishi 305 A, 305 B, 306 B gurux talabalari bilan “Rekamed farm” MCHJ ga tashrif uyushtirildi. Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasi hududida tashkil etilgan “Rekamed farm” MCHJ korxonasida in’eksion va infuzion eritmalar ishlab chiqariladi. Talabalar farmatsevtika sanoatida in’eksion va infuzion eritmalar ishlab chiqarilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Korxonada aholini yuqori samaradorlikka  ega steril dori shakllarini  ishlab chiqarishni tashkil etishda Xitoyda ishlab chiqarilgan eng zamonaviy texnologiyalar o‘rnatilgan. Tashrif  jarayonida talabalar in’eksion dori  turlari ishlab chiqarish texnologik jarayoni, tayyor mahsulot namunalari bilan tanishdilar. Talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berdilar.