Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi professor–o‘qituvchilari sanoat farmatsiya yo‘nalishi 4-bosqich talabalari bilan Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasi hududida tashkil etilgan “Temur” Medfarm MCHJ va “SIRDARYO GLASS” MCHJ korxonasiga tashrif buyurdilar.

14.12.2019, 10:35 Institut yangiliklari, Yangiliklar 549

DVST kafedrasi professor-o‘qituvchilari Ernazarov A.M., Foziljonova M.SH., Sharipova S.T., Abdullayeva D.F., Elmurodov D.T. sanoat farmatsiya yo‘nalishi 405 A, 405 B, 404A  guruh talabalari bilan Temur” Medfarm MCHJ va “SIRDARYO GLASS” MCHJ ga tashrif uyushtirildi. Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasi hududida tashkil etilgan “SIRDARYO GLASS” MCHJ korxonasida farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati uchun shisha idishlar ishlab chiqariladi. Talabalar farmatsevtika sanoatida qo‘llaniladigan shisha flakonlar ishlab chiqarilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu korxona yurtimizdagi barcha farmatsevtika korxonalariga shisha idishlar yetkazib berish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Korxonada farmatsevtika maqsadlari uchun shisha ishlab chiqariladi va ishlab chiqarishni tashkil etishda Germaniya, Chexiya va Fransiyada ishlab chiqarilgan eng zamonaviy texnologiyalar o‘rnatilgan. Tashrif jarayonida talabalar shisha idishlar ishlab chiqarish texnologik jarayoni, tayyor mahsulot namunalari bilan tanishdilar. Temur” Medfarm MCHJ korxonasida infuzion eritmalar ishlab chiqariladi. Talabalar farmatsevtika sanoatida infuzion eritmalar ishlab chiqarilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Korxonada aholini yuqori samaradorlikka  ega steril dori shakllarini  ishlab chiqarishni tashkil etishda Xitoyda ishlab chiqarilgan eng zamonaviy texnologiyalar o‘rnatilgan. Tashrif jarayonida talabalar infuzion dori  turlarini ishlab chiqarish texnologik jarayoni, tayyor mahsulot namunalari bilan tanishdilar. Talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berdilar.

     

     

Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi