“Farmatsevtik kimyo”kafedrasi va podpolkovnik M.X.Jamatov talabalar turar joyiga tashrif buyurdi

12.12.2019, 11:15 Institut yangiliklari, Yangiliklar 514

Institut rahbari tomonidan tasdiqlangan talabalar turar joyida ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasiga asosan 2019-yil 9-dekabr kuni “ Farmatsevtik kimyo ” kafedrasi tomonidan “ Kafedra kuni ” doirasida Ichki ishlar akademiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi va sayloviga bag‘ishlangan  “Biz Konstitutsiyani o‘rganamiz va Saylov kodeksi “mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Ichki ishlar akademiyasi podpolkovnigi M.X.Jamatov, kafedra mudiri dotsent X.Q.Olimov, dotsentlar R.A.Xusainova, N.A.Yunusxodjaeva, katta o‘qituvchilar A.A.Jo‘raeva, K.Sh.Muxitdinova, N.T.Zaripova, assistentlar O.Q.Babaniyazov, J.A.Xayitboev va talabalar turar joyida 201-217-xonalarda yashovchi  talaba yoshlar ishtirok etdilar. Tadbirda  podpolkovnik M.X.Jamatov Konstitutsiya va Saylov kodeksi, saylov tizimidagi yangiliklar bilan yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berdi. Uchrashuv talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi va ularni qiziqtirgan savollarga podpolkovnik M.X.Jamatov tomonidan javob berildi. Kelgusida bu hamkorlikni yanada rivojlantirish haqida kelishib olindi.

     

     

Farmatsevtik kimyo kafedrasi