Institut rektori tomonidan rahbar xodimlarning haftalik ishlari monitoringi o’tkazildi

09.12.2019, 16:41 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 773

Yurtimizda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jabhalardagi islohatlarning borishi ta’lim tizimini ham tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda. Chunki har bir jabhaning taraqqiyoti o‘sha soha mutaxassislarining uquvi, malakasi, dunyodagi shu yo‘nalishning rivojlanish tendinsiyalarini qanchalik o‘zlashtirganligi bilan belgilanadi. Shu jihatdan elimiz oliy o‘quv yurtlarining bosh vazifasi  ana shunday ko‘nikmalarga ega kasbi komil mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Zamonaviy davr talablariga mos keluvchi kadrlarni tayyorlash ishi davlatimiz rahbariyatining doimiy e’tiborida. Bu borada dunyoning ilg‘or ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham har bir oliy ta’lim muassasasi oldiga kechiktirib bo‘lmas vazifalar yuklangan. Mana shunday vazifalarni amalda joriy etish maqsadida Toshkent farmatsevtika institutida rahbar xodimlar, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari o‘rtasida institut rektori I.I.Alimdjanov tomonidan doimiy ravishda yig‘lishlar tashkil etib boriladi.

2019-yil 9-dekabr kuni institutning kichik faollar zalida navbatdagi yig‘lish bo‘lib o‘tdi. Majlisda kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan tegishli xodimlar o‘z ma’lumotlarini taqdim etdilar. Institut murabbiylar kengashi raisi N.S.Salimsakova o‘z hisobotida barcha murabbiylar bilan olib borgan targ‘ibot ishlari, talabalarning qishgi ta’tilga tayyorgarligi va yana boshqa masalalar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etdi. Ishlar bo‘lim boshlig‘i Sh.Q.Sobirov institut oshxonasi va bufetning sanitariya holati, talabalarni oziq-ovqat bilan ta’minlash holatlari yuzasidan hisobot taqdim etdi.

Institut rektori yurtimizda o’tkazilishi belgilangan saylovoldi jarayonlari, bunga tayyorgarlik ishlari hamda professor-o’qituvchilar va talabalarning saylovning mazmun-mohiyatiga qaratilgan targ’ibot-tashviqot ishlarining olib borilishi xususida ma’lumotlar qayd etildi.

     

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova