DVST kafedrasi dotsenti N.A.Azimova tomonidan “Surtmalar. Ularning texnologiyasi. Rux oksidi surtmasini ishlab chiqarish” mavzusida ochiq laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazildi.  

06.12.2019, 16:26 Institut yangiliklari, Yangiliklar 448

Sanoat farmatsiyasi fakulteti metrologiya yo‘nalishi 3-bosqich 301-B guruh talabalariga 2019-yil 5-dekabr kuni soat 1330da “Dori vositalarining sanoat texnologiyasi” kafedrasi dotsenti N.A.Azimovaning 107-auditoriyada “Sanoat farmatsiyasi” fanidan “Surtmalar. Ularning texnologiyasi. Rux oksidi surtmasini ishlab chiqarish” mavzusidagi ochiq laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazildi. Ochiq mashg‘ulot aqliy hujum, “SWOT – tahlil” va “Assesment” pedagogik texnologiya usullaridan foydalanilgan holda o‘tkazildi. Darsda axborot kommunikatsion texnologiyalar va videoroliklardan foydalanildi. Ushbu mavzu bo‘yicha qiziqarli munozaralar va savol-javoblar bo‘ldi.

     

DVST kafedrasi